Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu britaniyalik hamkasbi Boris Jonsonning ismini Rossiyaning sobiq prezidentining ismi bilan adashtirib, Boris Yelsin deb atadi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
U yakshanba kundagi yig‘ilishda Britaniyaga safari haqida so‘zlab bergan.
“Men Londondan juda yoqimli safardan qaytdim, u yerda bosh vazir Boris Yelsin va AQSh mudofaa vaziri bilan uchrashdim”, deb aytgan Netanyaxu.
Ishtirokchilar darhol uni tuzatishgan. Isroil bosh vaziri xatosini anglab, kulib qo‘ygan va uni e’tiborli eshitishayotganini tekshirib qo‘ymoqchi bo‘lganini aytgan.
Jonson iyun oyida Britaniya bosh vaziri bo‘ldi. Uning “adashi” Yelsin esa Rossiyani 1991 yildan 1999 yilgacha boshqargan. U 2007 yilda vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi