Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Yevropa Ittifoqi bilan kelishuvsiz Brexit’ni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Qonun loyihasi shundan keyin kuchga kirdi. Endi Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan 31 oktyabrda chiqishi bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Brexit 3 oyga – 2020 yil 31 yanvarigacha qoldiriladi. Ta’kidlanishicha, bu qarorga Britaniya bosh vaziri Bori Jonson qarshi chiqmoqda.
Rasman Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibidan 2019 yil 29 martda chiqishi kerak edi. Biroq britaniyalik siyosatchilar bitim bo‘yicha murosaga kelisha olmagan, bu esa hukumat inqiroziga va Tereza Meyning bosh vazir lavozimini tark etishiga olib kelgan.
Boris Jonson Britaniyaning yangi bosh vaziri sifatidagi 23 iyuldagi ilk nutqida qirollik har qanday vaziyatda joriy kuzda Yevropa Ittifoqini tark etishini aytgandi. U tomonidan buning uchun oxirgi muddat qilib 31 oktyabr belgilangan. London Brexit oqibatlarini silliqlashga imkon beruvchi o‘zaro manfaatli kelishuv ishlab chiqish uchun Bryusseldan muhlat olgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”