3 851
Iordaniya qiroli Londonga millionlab dollarlar bilan qochib ketgan Dubay amirining xotiniga ish berdi
Foto: Emirates Woman
BAAdan qochib ketgan Dubay amiri Muhammad ibn Rashid al-Maktumning rafiqasi voqeasida tub burilish yuz berdi, deb yozmoqda Daryo nashri.
Malika Hayya bint al-Husayn o‘zi bilan 20 million dollar olib, ikki bolasi bilan turmush o‘rtog‘idan qochib ketgan edi. Malika Londondagi Kensington saroyi yaqinidagi dang‘illama uyga joylashgan va ajrashish uchun ariza bergan. Bu haqda iyun oyi oxirida ma’lum bo‘lgan.
Bolalarga vasiylik huquqini olish maqsadida malika London Oliy sudiga murojaat qilgan. U qizini majburiy nikohdan himoya qilishni so‘ragan va maxsus himoya orderini olishga uringan. Uning turmush o‘rtog‘i esa bolalarini Dubayga qaytarishni talab qilgan, ammo so‘nggi yangiliklarga qaraganda bunday bo‘lmaydi.
Qayd etilishicha, bu ishga malikaning akasi bo‘lmish Iordaniya qiroli Abdulla ibn Husayn aralashgan. U singlisi va uning bolalalarini majburiy qaytarishdan qutqargan va uni Iordaniyaning Londondagi elchixonasiga rahbari o‘rinbosari etib tayinlagan.
Endi malika va uning bolalari diplomatik daxlsizlik huquqiga ega va Britaniya rasmiylari ularni BAA va shayx Muhammadga topshira olmaydi.
Biroq, xabarda aytilishicha, malika Hayyaning lavozimga tayinlanishi Britaniya hukumati tomonidan tasdiqlanishi kerak. Ular diplomatni qabul qilishi ham, rad etishi ham mumkin.
Ma’lumot uchun, 45 yoshli malika Hayya Dubay amiri Muhammad ibn Rashid al-Maktumga 2004 yilda turmushga chiqqan edi. U shayxning oltinchi va kenja rafiqasi. Amirning barcha xotinlaridan 23 nafar farzandi bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi