Foto: 24tv.ua
Ukrainaning tergovlar davlat byurosi Kiyevdagi “Kuznya na Ribalskom” zavodining oldi-sotdisi ishi bo‘yicha sudgacha tergov doirasida sobiq prezident Pyotr Poroshenkoga tegishli Xalqaro investitsion bankda tintuvlar o‘tkazdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.
2019 yil mayida Viktor Yanukovich prezidentligi vaqtida uning ma’muriyati rahbari o‘rinbosari bo‘lgan Andrey Portnov Poroshenko va uning atrofidagi odamlar sodir etgan jinoyatlar bo‘yicha byuroga ariza berishini ma’lum qilgandi. Portnovning ta’kidlashicha, gap Panama ofshorlari, armiyadagi talon-tarojliklar, “Kuznya na Ribalskom”dagi mudofaa buyurtmalari haqida borgan.
25 iyulda Poroshenko byuroda so‘roq vaqtida ushbu ish bo‘yicha tushuntirish bergan.
2018 yil kuzida tadbirkor Sergey Tigipko Poroshenkodan Kiyevdagi zavodni sotib olgandi.
Tintuv o‘tkazilgan bank 2008 yil martida ro‘yxatga olingan. 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, bankning bosh aksiyadorlari Pyotr Poroshenko (60 foiz), Igor Kononenko (14,94 foiz), Oleg Gladkovskiy va Oleg Zimin (har birida 9,908 foizdan) bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi