Rio olimpiadasi qahramonlaridan biri, boks bo‘yicha jahon chempioni Shahram G‘iyosov Antaliyada Buyukshehir hokimi Muhiddin Bo‘jek qabulida bo‘ldi. Uchrashuvda Shahram hokimni yoshlarning zararli illatlardan uzoq bo‘lishiga bag‘ishlangan boks bo‘yicha ochiq mashg‘ulotiga taklif qildi.
Muhiddin Bo‘jek uchrashuvdan mamnun ekanini bildirdi: «Muvaffaqiyatlaringiz bilan qutlayman va ularning davomli bo‘lishini tilayman. O‘zbekiston va Turkiya qardosh mamlakatlar, sizning g‘alabangiz bizniki hamdir», dedi shahar hokimi.
Shahram G‘iyosov Antaliyaga birinchi marta kelganini aytib, tadbir haqida atroflicha ma’lumot berdi. Bu ochiq mashg‘ulotni o‘zi uchun muhimligini ta’kidlagan bokschi, yoshlarni zararli illatlardan uzoqlashib, sportga targ‘ib qilish bo‘yicha bu kabi targ‘ibot tadbirlari dunyoning boshqa davlatlarida ham shou sifatida uyushtirilishini ma’lum qildi.
Shahram G‘iyosov yoshlarni narkotik va tamaki chekishdan uzoqlashish mavzusiga bag‘ishlangan ochiq mashg‘ulotini 14 sentyabr kuni Antaliya Konyaalti Achikxava teatrida o‘tkazdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi