date
views 3 957

Afg‘oniston prezidenti ishtirokidagi mitingda terakt sodir bo‘ldi

Afg‘oniston prezidenti ishtirokidagi mitingda terakt sodir bo‘ldi
Afg‘onistonning Parvon viloyatida o‘tkazilgan saylovoldi mitingida yuz bergan portlash tufayli 24 kishi halok bo‘ldi, 31 kishi yaralandi.
“Anadolu” agentligi xabariga ko‘ra, Jangal Bog‘ tumanidagi mitingda mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani nutq so‘zlagan. Terrorchilar esa minalashtirilgan mototsiklni olomonning yaqinida portlatib yuborgan.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Nusrat Rahimiy teraktda jarohat olganlardan ayrimlarining ahvoli og‘irligini ma’lum qildi.
Guvohlarning aytishicha, portlash paytida prezident Ashraf G‘ani miting maydonida bo‘lgan va unga zarar yetmagan.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda prezident saylovi 28 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston prezidenti ishtirokidagi mitingda terakt sodir bo‘ldi