Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoniga neft ob’ektlarini qo‘riqlashi uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan C-400 yoki S-300 zenit-raketa majmualarini sotib olishni taklif qildi. «RIA Novosti» xabariga ko‘ra, ushbu taklif Rossiya, Turkiya va Eron prezidentlarining Anqaradagi sammiti chog‘ida bildirilgan.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni rahbariyati Eron singari S-300 yoki Turkiya singari S-400 sotib olish haqida oqilona qaror qabul qilsa kifoya. “Bular Saudiya Arabistonidagi har qanday infratuzilma ob’ektlarini ishonchli himoya qiladi”, – dedi Rossiya rahbari.
Yaqinda Saudiya Arabistoni neft ob’ektlariga bo‘lgan hujumlarni izohlar ekan, Putin Qur’oni Karimning Oli Imroon surasi 103-oyatini eslab o‘tdi: “Muqaddas Qur’ondagi quyidagi oyatni eslamay bo‘lmaydi: “...Va Allohning sizga bergan ne’matini eslang: bir vaqtlar dushman edingiz, bas, qalblaringizni ulfat qildi. Uning ne’mati ila birodar bo‘ldingiz...” Menimcha, ana shu oyatdan kelib chiqish kerak”.
Eslatib o‘tamiz, shanbaga o‘tar kechasi Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat kompaniyasiga qarashli ikkita ob’ektga dronlar yordamida amalga oshirilgan hujum oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Hujum uchun mas’uliyatni Yamandagi isyonchi husiylar o‘z bo‘yniga oldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi