Husiylar Dubay va Abu-Dabiga hujum qilish bilan tahdid qildi

Foto: AP Photo / Hani Mohammed
Yamanlik husiylar Saudiya Arabistonidagi neft ob’ektlariga qilingan hujumlardan so‘ng BAAning bosh shaharlari - Dubay va Abu-Dabiga hujum qilish bilan tahdid qilishdi.
"Biz ilk bor shuni ma’lum qilamizki, bizning BAAdagi nishonlarimiz ro‘yxatida o‘nlab, shu jumladan Abu Dabi va Dubaydagi ob’ektlar ham bor, ular istalgan vaqtda hujumga uchrashi mumkin", dedi husiylar qurolli kuchlari vakili general Yahyo Sariya. Uning chiqishini "Al-Jazira" telekanali olib borgan.
Avvalroq husiylar Saudiya Arabistonidagi neft ob’ektlariga hujumlar uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishgandi. Biroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo hujumlar Yamandan amalga oshirilganligining isboti yo‘qligini aytgan va bu hujumda Eronni ayblagan. Eron esa bu ayblovlarni rad etmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Yamanlik husiylar Saudiya Arabistonidagi neft ob’ektlariga qilingan hujumlardan so‘ng BAAning bosh shaharlari - Dubay va Abu-Dabiga hujum qilish bilan tahdid qilishdi.
"Biz ilk bor shuni ma’lum qilamizki, bizning BAAdagi nishonlarimiz ro‘yxatida o‘nlab, shu jumladan Abu Dabi va Dubaydagi ob’ektlar ham bor, ular istalgan vaqtda hujumga uchrashi mumkin", dedi husiylar qurolli kuchlari vakili general Yahyo Sariya. Uning chiqishini "Al-Jazira" telekanali olib borgan.
Avvalroq husiylar Saudiya Arabistonidagi neft ob’ektlariga hujumlar uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishgandi. Biroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo hujumlar Yamandan amalga oshirilganligining isboti yo‘qligini aytgan va bu hujumda Eronni ayblagan. Eron esa bu ayblovlarni rad etmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…