3 346
Turkmaniston maxsus xizmatlari dindorlarni so‘roqqa chaqirib, soqol qo‘yganlarni majburan oldirmoqda
Foto: Google Images
Turkmaniston milliy xavfsizlik vazirligi Mari viloyat boshqarmasi masjidlarga serqatnov bo‘lgan namozxonlarni so‘roq qilishni boshladi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.
Marilik 50 yashar dindor ikki bor boshqarmaga taklif qilingan va kimlar bilan muloqot qilishi, namoz o‘qishni qayerda o‘rgangani, qanday kitoblar o‘qishi, nima bilan tirikchilik qilishi, xotini va bolalari nechog‘li dinga e’tiqod qilishi haqida savollar berilgan. Suhbat xavfsizlik xizmati xodimi unga telefon raqamini qoldirishi va shubhali diniy faollik holatlari to‘g‘risida xabar berishi haqidagi taklif bilan yakunlangan.
Mustaqil OAVlarga ko‘ra, bunday muloqotlarning yakuniy maqsadi dindorlar o‘rtasida «quloqlar» yollashdan iborat. Bunday tadbirlar turkman oliy o‘quv yurtlarida ham olib boriladi va xodimlar talabalarni «kuratorlar»ga tahsil oluvchilar o‘rtasida hukumatdan norozi bo‘layotganlar haqida ma’lumot berib turishga undaydi.
Aytishlaricha, Toshhovuz viloyatida mahalliy masjid qatnovchilardan so‘roqlar chog‘ida namoz o‘qishni to‘xtatish so‘ralgan va soqollarini olishga majbur qilingan. Maxsus xizmatlar uchun radikal ekstremistik g‘oyalar ramzi bo‘lib ko‘rinadigan soqol qo‘yishga qarshi kurash poytaxtda ham davom etmoqda. Ashxobod politsiya bo‘limlarida soqol qo‘ygani uchun ushlangan fuqarolar qirtishlangani fotoga ham muhrlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi