Tramp ushbu sanksiyalarni “mamlakatga qarshi joriy qilingan barcha cheklovlarning eng muhimi", deb atagan.
AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni Vashington Eron Milliy bankiga qarshi sanksiyalar joriy etayotganini ma’lum qildi.
“Bu mamlakatga qarshi kiritilgan eng muhim sanksiyalar“, degan Amerika yetakchisi jurnalistlarga Vashingtonda Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison bilan uchrashuvdan so‘ng.
Trampning so‘zlaridan Oq uy matbuot xizmati iqtibos keltiradi. “Biz qarshi sanksiyalarni kiritdik. Eron Milliy banki, bu Markaziy bank tizimidir. Bular yeng yuqori darajadagi sanksiyalar ”, - degan Tramp.
AQSh Moliya vazirligi tomonidan juma kuni chiqarilgan press-relizda qayd etilishicha, AQSh hukumati Eron Markaziy banki, Milliy Rivojlanish Jamg‘armasi va Etemad Tejarate Pars Co kompaniyasiga sanksiyalar joriy qilgan.
“Eron rejimi global terrorizmni moliyalashtirishni to‘xtatishi uchun biz sanksiyalarni qat’iy qo‘llaymiz“, degan AQSh moliya vazirining o‘rinbosari Segal Mandelker. Uning shu so‘zlari press-reliz matnida keltirilgan.
AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchini izohiga ko‘ra, Eronning Markaziy banki va Milliy taraqqiyot jamg‘armasi Amerika bank tizimidan o‘chiriladi. Bu mablag‘lar endilikda Islomiy Inqilob Kuchlari Korpusiga (Eron qurolli kuchlarining xos bo‘linmalari) tushmaydi degan ma’noni anglatadi.
Yangi cheklovchi choralar joriy qilinishini izohlar ekan, AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo AQShning “Eronga maksimal bosim o‘tkazish kampaniyasi mamlakatning beqaror siyosat o‘zgartirilmaguncha davom etadi“, deb ta’kidlagan. “Ushbu tashkilotlar (sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan tashkilotlar nazarda tutilmoqda) AQShda terrorchilik tashkilotlari deb e’lon qilingan Al-Quds maxsus kuchlari va“ Livan shialari harakati (Hizbulloh)ni moliyalashtirish orqali terrorizmni va mintaqadagi tajovuzlarni qo‘llab-quvvatlamoqda“, degan Pompeo o‘z bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 14 sentyabrga o‘tar kechasi Saudiya Arabistonining Saudi Aramco kompaniyasiga tegishli ikkita neftni qayta ishlash zavodiga uchuvchisiz boshqariladigan moslamalar orqali hujum qildi. Yamandagi Ansar Alloh harakatining hussiy isyonchilari buning uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishdi. Portlashlar natijasida kelib chiqqan yong‘inlar oqibatida dunyodagi yeng yirik neft eksportchisi ishlab chiqarish hajmini 9,8 million barreldan 5,7 million barrelga tushirgan.
Tehron mazkur hujum bilan da’volarni asossiz deb atagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi