Ukraina prezidenti korrupsiyaga qarshi kurashishning antiqa yo‘lini taklif qildi

Ukraina prezidenti korrupsiyaga qarshi kurashishning antiqa yo‘lini taklif qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy fuqarolarga korrupsiyaga qarshi fleshmob o‘tkazishni taklif qildi. U feysbukdagi sahifasida videomurojaat joylab, birgalikda qonunbuzarlarga qarshi kurashga chorlagan.

“Agar korrupsiyaga ko‘z yumsak, biz hech qachon uni yenga olmaymiz. Pora talab qilishyaptimi? Turli yo‘llarni taklif qilishyaptimi? Iltimos, jim turmang”, - degan Ukraina yetakchisi o‘z murojaatida.

U video olish yoki xeshteg qo‘yish shart emasligini ta’kidlagan. Shunchaki “ishonch raqamiga” qo‘ng‘iroq qilib, qonunbuzarlik haqida xabar qilishning o‘zi kifoya. Ushbu fleshmobda barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar