Foto: Olmaota politsiyasi
Olmaotada e’lonlar asosida tanlab olingan qozog‘istonlik model qizlar veb-kameralar orqali mijozlar bilan muloqot qiladigan onlayn-pornostudiya yopildi. Shahar politsiya departamentidan ma’lum qilishlaricha, bu Qozog‘istonda fosh etilgan ilk pornostudiyadir.
Pornografik materiallar Olmaotaning Medeu tumanida ijaraga olingan ikkita hashamatli kvartirada suratga olingan. «Ushbu studiyada ish — texnik ta’minotdan tortib qizlarning uch smena almashib ishlashigacha bari tizimli yo‘lga qo‘yilgan», — deydi politsiya podpolkovnigi Daniyar Mendebayev.
Xabar berishlaricha, tintuv jarayonida ko‘plab buyumlar musodara qilingan. Pornoaktrisalarning ish joyi ko‘plab yumshoq o‘yinchoqlar bilan bezatilgan, karavotda esa katta pahmoq ayiqcha bo‘lgan.
Foto: Olmaota politsiyasi
Modellar 1000 dollar maosh va’da qilingani holda e’lonlar orqali saralab olingan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qizlar studiyada baribir buncha pul ishlay olmagan.
Qizlar AQSh va Yevropadagi saytlar uchun o‘z tanalarini veb-kameralar orqali namoyish etgan, mijozlar esa buning uchun plastik karta orqali Qozog‘istondan tashqarida joylashgan serverga pul to‘lagan.
Fosh etilgan kvartirada model qizlar va texnik ta’minot uchun mas’ul bo‘lgan qirg‘izistonlik dasturchi yigit qo‘lga olingan. Politsiya «pornografik materiallarni qonunga zid ravishda tarqatish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?