Foto: Reuters
Germaniya politsiyasi fransiyalik «o‘rgimchak odam» Alen Roberni Mayndagi Frankfurt shahrida osmono‘par binoga chiqqani uchun hibsga oldi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, 57 yoshli alpinist shahardagi Skyper binosini zabt etgan. Politsiya Rober balandligi 153 metr bo‘lgan binoning eng yuqorisiga 20 daqiqa ichida chiqib-tushganidan so‘ng hibsga olgan. Unga nisbatan jamoat tartibini buzish va binoga noqonuniy tarzda kirish ayblovlari qo‘yilishi mumkin.
Osmono‘par inshootlarga hech qanday ehtiyot choralarisiz ko‘tariluvchi Rober shu yilning yanvarida Filippindagi GT International Tower binosiga chiqqani uchun politsiyasi tomonidan hibsga olingandi.
Rober 1994 yildan buyon dunyodagi mashhur baland binolarga chiqish bilan shug‘ullanadi. U o‘tgan davr ichida 130dan ortiq inshootlarga chiqqan bo‘lib, ular orasida dunyoda eng baland Burj Xalifa ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi