Foto: «Joinfo»
Shveysariya hukumati Ekvatorial Gvineya prezidentining o‘g‘lidan olib qo‘yilgan mashinalarni Jenevada auksionga qo‘ydi, deb yozadi "Xabar" nashri.
Yigirma beshta mashina 27 million dollarga sotildi.
«Lamborghini Veneno» Foto: WDRB
«Bonhams» uyi tomonidan sotuvga qo‘yilgan 25 ta lot orasida 2014 yilda chiqarilgan «Lamborghini Veneno» superkari ham bor edi, u xaridorga $8,4 mln.ga tushdi», — deya ta’kidlagan holda AP ushbu turkumdagi mashinalar bor-yo‘g‘i 9 dona ishlab chiqarilganiga e’tiborni qaratdi.
Foto: WDRB
Foto: WDRB
Foto: WDRB
Mashinalar sotuvidan tashkilotchilar 18 million dollar ishlashni xom-cho‘t qilishgandi. Yakunda tushum salkam 10 million dollar ko‘p bo‘ldi. O‘zi sotuvga qo‘yilgan mashinalar noyob modellar edi, qolaversa, ko‘pi yolchitib minilmagan ham ekan. Faqat 1998 yili chiqarilgan zirhlangan «Rolls-Royce Silver Spur»ga jiddiy ta’mirga muhtojligi uchun 87 mingdan ko‘p berishmadi.
Kimoshdi savdolariga 2019 yilning fevralida, Jeneva prokuraturasi davlat mablag‘larini maqsadsiz ishlatish va pullarni o‘zlashtirish bo‘yicha Ekvatorial Gvineya prezidentining o‘g‘li — Teodoro Ngema Obiang Mangu ishini yopganidan so‘ng ruxsat berilgan. Shveysariya qonunchiligiga ko‘ra, tergovi ketayotgan shaxs agarda yetkazilgan zararni qoplab bersa, prokuratura ishni yopishi mumkin.
Teodoro Ngema Obiang Mangu. Foto: «Joinfo»
Prezidentning o‘g‘li — 50 yoshli Teodoro Ngema Obiang Mangu 2016 yilning iyunidan beri Ekvatorial Gvineya vitse-prezidenti hisoblanadi.
Teodoro Obiang Ngema Mbasogo. Foto: «TUT.by»
Ota, ya’ni prezident alohida mavzu: Teodoro Obiang Ngema Mbasogo 1979 yili harbiy to‘ntarish uyushtirib, o‘z amakisi — Fransisko Masias Ngema Biyogoning diktatorlik rejimini ag‘darganidan beri mamlakatni uzluksiz boshqarib kelyapti. O‘shanda u 37 yoshda edi, hozir 77 yoshda — uncha-muncha monarxga ham 40 yil mamlakatni boshqarish nasib etavermaydi.
Ma’lumot uchun: Ekvatorial Gvineya — mitti davlat: hududi — 28 ming kvadrat kilometr, aholisi — 1 million kishi ham chiqmaydi. 1990-yillarning boshlarida davlat katta neft eksporti evaziga aholi jon boshiga YaIM bo‘yicha Afrikada yetakchi o‘ringa chiqib oldi (2015 yilda aholi jon boshiga YaIM — 11056 AQSh dollari). Biroq bu «qora oltin»dan tushgan daromadlar hammaga teng taqsimlanayotganini anglatmaydi, aholisining katta qismi ichimlik suvi yetishmasligidan qiynaladi, mamlakatda bolalar o‘lim ko‘rsatkichi juda yuqori: 20 foizi besh yoshga ham to‘lmay vafot etadi. Inson taraqqiyoti indeksida mamlakat 2015 yili jahonda 138-o‘rinda qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi