date
views 6 528

Dog‘istondagi to‘y Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Dog‘istondagi to‘y Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi
Foto: Derbent shahri meriyasi
Dog‘istonning Derbent shahrida shu yurtda yashab kelayotgan 16 millat vakillaridan iborat 30 nafar kelin-kuyov nikohdan o‘tgan, marosimlarga 10 mingdan ortiq mehmon tashrif buyurgan. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Eng yosh kelin-kuyovlarning yoshi 19 da, tadbirlarda brilliant to‘yini nishonlagan eng yoshi katta juftlik esa 60 yil davomida birga yashab kelmoqda.

Marosimda bir yo‘la ikkita jahon rekordi o‘rnatilgan: eng ko‘p turli millat vakillari nikohdan o‘tgan to‘y hamda eng ko‘p mehmon tashrif buyurgan nikoh oqshomi. Ikkala natija ham Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dog‘istondagi to‘y Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi