Foto: Sinxua
Xitoy poytaxtining Tyananmen bosh maydonida 1-oktyabr kuni Xitoy tashkil topganligining 70 yilligi munosabati bilan parad boshlandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Unda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin ishtirok etmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu harbiy parad soʻnggi 10 yillikdagi eng yirik parad boʻladi. Harbiy paradni boshqarish guruhi rahbarining oʻrinbosari, general mayor Say Chjiszyunning maʼlum qilishicha, paradda qariyb 15 ming askar, 580 dona texnika, 160 samolyot va vertolyotlar ishtirok etmoqda.
Xitoy Xalq ozodlik armiyasi (XXOA) mamlakatdan 22 yil avval tashkil topgan, ammo Xitoyga asos solinishi bilan XXOA tarixida rivojlanishning yangi davr boshlandi va birinchi harbiy parad respublika mustaqalligi eʼlon qilingan 1949-yilda oʻtkazilgan. Shundan buyon harbiy paradlar Xitoy fuqarolari uchun ham, boshqa davlatlar uchun ham harbiy kuchi va rivojini namoyish etishning muhim elementiga aylandi.
Xitoy 1959-yilgacha paradni har yili oʻtkazgan, keyinroq hukumat uni har oʻn yilda bir marta oʻtkazishga qaror qilgan. Ammo “Madaniy inqilob” (1966—1976) bu anʼanani buzgan. Keyingi parad 1984-yilda Xitoyning 35 yilligini nishonlash doirasida boʻlib oʻtgan. Undan keyingilari esa 1999 va 2009-yillarda oʻtkazilgan. 2015-yilda esa Pekinda Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 70 yilligi munosabati bilan katta parad boʻlib oʻtgan. Bu 1949-yildan beri Xitoy tashkil topgan kun sharafiga uyushtirilmagan birinchi parad boʻldi.
Bu yilgi parad eng katta deb eʼlon qilinganiga qaramay, Tyananmen maydonida 24,2 ming nafar kishi ishtirokida oʻtkazilgan 1950-yilgi parad eng yirigi boʻlgan.
Turli yillarda paradning davomiyligi turlicha boʻlgan. Eng uzoq davom etgani 1949-yildagi parad boʻlib, u 150 daqiqa davom etgan. Bir necha yillar davomida paradlarning davomiyligi 50 daqiqadan oshmagan. 2019-yilgi parad esa 80 daqiqaga moʻljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi