Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjo tumanida O‘zbekistonda og‘ir jinoyatlarni sodir etgani uchun qidirilgan o‘zbekistonlik ushlandi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Botken viloyati ichki ishlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, qo‘lga olingan 36 yoshli Saydullaxon Abbosov 2010 yilda Toshkentda qotillik, nomusga tegish va bosqinchilik jinoyatlari uchun sudlangan. U 2016 yilda Toshkentdagi turmadan qochib, Qirg‘izistonga o‘tib ketgan. U o‘ziga yangi ism olib, Qadamjo tumanining Ismat Qaqir qishlog‘ida o‘rnashib, oila qurgan.
“Erkak qochib, chegarani noqonuniy kesib o‘tgan. U 2016 yildan Botken viloyatida yashab kelgan, ismi va familiyasini Bekbo‘lat Qo‘shoqovga o‘zgartirgan”, deyilgan xabarda.
Jinoyatchi Qizilqiya shahrida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi xizmat xodimlari tomonidan ushlangan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Abbosov Qirg‘izistonda ham o‘z qing‘ir ishlarini qo‘ymay, Qizilqiya va Qadamjo shaharlarida yashovchi bir necha kishidan aldov yo‘li bilan umumiy hisobda 300 ming som (4,3 ming dollar) pul olib, qaytarib bermagan. Jabrlanuvchilar uning ustidan militsiyaga shikoyat qilishgan.
Jinoyatchiga nisbatan chegarani noqonuniy kesib o‘tish va firibgarlik ayblovlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi