Saudiya Arabistonida ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat berildi

Saudiya Arabistonida ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat berildi
Saudiya Arabistoni hukumati ilk bor ayollarga mamlakat qurolli kuchlarida xizmat qilishga ruxsat berdi, deb yozmoqda "Ash-sharq al-avsat" gazetasi.

Nashrning xabar berishicha, qirollik mudofaa vazirligi ayollarni harbiy xizmatga olishni boshladi. Ular oddiy askarlikdan ofitserlik lavozimigacha da’vogarlik qilishi mumkin.

General Hasan ash-Xashrining so‘zlariga ko‘ra, "ayollarning harbiy xizmatga qabul qilinishi to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadam" bo‘lib, Saudiya armiyasida "ayollarga ish yetarlicha".
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar