21:35 / 03.10.2019
2 661

BAAlik ilk fazogir Yerga qaytdi (video)

BAAlik ilk fazogir Yerga qaytdi (video)
“Soyuz MS-12” kemasining boshqariluvchi qurilmasi Xalqaro koinot stansiyasi ekipajining 3 a’zosi bilan Qozog‘istonning Jezqazg‘an shahridan 147 km uzoqlikda qo‘ndi.
Qurilma bortida rossiyalik Aleksey Ovchinin, amerikalik Nik Xeyg va BAAlik ilk fazogir Hazza al-Mansuriy bo‘lgan.

Ovchinin va Xeyg koinotda 203 kun bo‘lishdi, al-Mansuriyning koinotga sayohati esa 8 kungina davom etdi. “Soyuz MS-12” kemasi XKS tarkibida 15 martdan beri bo‘lgan.

Hozirda koinot stansiyasida italiyalik astronavt Luki Parmitano boshchiligidagi ekipaj a’zolari – rossiyalik Aleksandr Skvorsov va Oleg Skripochka, NASA astronavtlari Endryu Morgan, Kristina Kuk va Jessiki Meir qolmoqda.

Ilk arab fazogiri Hazza al-Mansuriy 25 sentyabrda “Soyuz MS-15” kemasida Oleg Skripochka va Jessika Meir bilan birga koinotga parvoz qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAAlik ilk fazogir Yerga qaytdi (video)