
Merilend shtatida yashovchi fuqaro bir xil sevimli raqamni lotereya chiptalariga yozib, jekpotni qoʻlga kiritdi. Bu haqda UPI portali xabar bermoqda.
63 yoshli Pamela Vendlend qizi bilan restoranga borib bir nechta Keno lotereya chiptalarini sotib olgan. Ayol har haftada bir necha marotaba lotereya oʻynab, chiptalarda doim bir xil toʻqqiz raqamini kiritadi.
9-19-29-39-49-59-69-79 raqamlari kombinatsiyasi bilan sotib olingan chipta gʻolibga 30 ming dollar keltirdi.
Vendland pul mukofotining bir qismini toʻyining 20 yilligini nishonlashga sarflashga, qolgan qismini oila aʼzolari oʻrtasida taqsimlashga qaror qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar