
Checheniston poytaxti Grozniydan Moskvaga uchgan samolyot bortida emizikli bolaning vafot etgani sababli Volgograd aeroportiga favqulodda qoʻndi.
Maʼlum boʻlishicha, ikki oylik chaqaloqning vafot etishiga tugʻma kasalligi sabab boʻlgan. Chaqaloqni Moskvaga davolatish uchun olib ketishayotgan boʻlgan, unga reanimatolog shifokorlar hamrohlik qilgan. Parvoz vaqtida qizaloqning ahvoli ogʻirlashib qolgan, shifokorlar unga yordam koʻrsata olmagan.
Samolyot qoʻngach, chaqaloq Volgograddagi shifoxonaga klinik oʻlim holatida olib borilgan. Kasalxonadagi jonlantirish tadbirlari ham unga yordam bermagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar