Foto: “Rambler”
Niderlandiyada uch, Germaniyada ikki nafar fuqaro listerioz yuqtirgan kolbasa isteʼmoli oqibatida hayotdan koʻz yumdi, deb yozadi Xabar nashri.
Listerioz — ogʻir bakterial infeksiya.
Kolbasa isteʼmol qilgan yana bir niderlandiyalik esa homiladorlikning oxirgi oyida farzandidan judo boʻldi.
Niderlandiyadagi bir nechta supermarketlar oʻz rastalaridan Alsmerdagi “Offerman” kompaniyasiga tegishli goʻsht mahsulotlarini olib qoʻyishdi. Goʻsht boʻyicha bu gigant anchadan beri hukumat va sanitariya xizmatlarining diqqat markazida turibdi. Gollandiya kompaniyasi, shuningdek, Germaniya va Belgiyaga ham kolbasa yetkazib bergan, deyiladi internet sahifasida.
Mahalliy hukumatning maʼlum qilishicha, soʻnggi ikki yilda Niderlandiyada kolbasaning har xil turlaridagi bakteriyalar sabab 20 ta zaharlanish holati qayd etilgan. Mamlakat oziq-ovqat inspeksiyasi uning manbalarini aniqlash uchun yangi texnik jarayonlardan foydalangan.
— Ayni vaqtda yuqtirish manbai topilgan koʻrinadi, — deydi uning vakili.
Maʼlum boʻlishicha, Alsmerda kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar taxminan 130 turdagi kolbasa mahsulotlarini supermarketlardan qaytarib olishgan. Negaki, ular ham listeriya yuqtirgan boʻlishi ehtimoldan xoli emas.
Niderlandiyadagi shov-shuvli kolbasa masalasi Germaniyadagi hodisa bilan bogʻliqmi-yoʻqmi, hozircha maʼlum emas. Gessendagi “Wilke” zavodida ishlab chiqarilgan kolbasalarni isteʼmol qilgan oʻnlab odamlar ham listerioz bilan zaharlangani, ikki kishi hayotdan koʻz yumgan maʼlum boʻldi. “Wilke” zavodi oʻzining mahsulotini koʻplab qahvaxona, restoran va supermarketlarga yetkazib bergan, shuningdek, boshqa davlatlarga eksport qilgan. Mazkur goʻsht mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi gigant zavod faoliyati Germaniya sanitariya xizmatlari tomonidan juma kuni belgilanmagan muddatga toʻxtatib qoʻyildi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin