Iroqda hukumatga qarshi namoyishlar chogʻida 42 kishi qurboni boʻlgan.
Avvalroq 33 kishi halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, OAV yuzlab jarohatlanganlar haqida xabar bergan.
Toʻqqiz yangi oʻlimning hammasi Nosiriya shahrida namoyishchilar bilan huquq-tartibot idoralari xodimlari oʻrtasida toʻqnashuvlar vaqtida boʻlgan.
Iroqliklar ishsizlik, hukumatning korrupsiyasi va past sifatli jamoatchilik xizmatlariga qarshi miting oʻtkazmoqda. Namoyishchilarning aksariyati yoshlardir. Aksariyat namoyishlar Bagʻdod va Iroqning janubida boʻlib oʻtmoqda.
Iroqdagi norozilik namoyishlari bir necha kun davom etmoqda. Seshanba kundan beri politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun koʻzdan yosh oqizuvchi gaz va jonli oʻqlarni ishlatmoqda. Noroziliklar tufayli hukumat mamlakatning katta qismida Internetga kirishni cheklab qoʻydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi