13:35 / 06.10.2019
3 723

Putin Greta Tunberg haqida nimalar dedi?

Putin Greta Tunberg haqida nimalar dedi?
Foto: Medialeaks
Prezident Putinning Greta Tunberg haqida aytgan fikrlari AQSH va Britaniyada kutilmaganda norozilik kayfiyatidagi fikrlar urchib ketishiga imkon berdi, deb yozadi Daryo.uz nashri.

66 yoshli Putin Moskvadagi energetika kengashida Tunbergning BMT sammitidagi chiqishi haqidagi savolga javob berar ekan, “sizlarni ranjitsam ham, Tunberg chiqishlari boʻyicha ommaviy olqishlarni yoqlay olmayman; 16 yoshli Greta hozirda dunyo qanday ekanligini tasavvur ham qila olmaydi”, deb aytdi. Fikrini davom ettirar ekan, Putin “Afrika va Osiyodagi odamlar Shvetsiyada boʻlgani kabi toʻkin-sochinlikda yashamasligini, toʻkin-sochinlikka erishish uchun nima qilish kerakligini, Afrikdagi moʻl Quyosh enrgiyasidan foydalanish qanchaga tushishi borasida biror kim Gretaga tushuntirdmi?” deya savol tashladi.

Putinning nazarida, ekofaollar yosh qizchaning emotsional va psixologik holatini hisobga olmay, undan foydalanmoqda (Tunberg Asperger sindromi, obsessiv-kompulsiv buzilish, selektiv mutizm tashxisi bilan davolanadi).

“Men Greta ochiqkoʻngil va yaxshi qiz ekaniga ishonaman. Lekin kimdir oʻsmirlar va bolalardan oʻta yaxshi niyatda boʻlsa ham oʻz maqsadida foydalanishini faqat qoralash mumkin”, – deya taʼkidladi Putin.

Bir necha kun oldin RLDPdan Duma deputati, 24 yoshli Vasiliy Vlasov Greta Rossiya parlamentida chiqish qilishga chaqirgan edi. U oʻshanda “biz yosh avlod vakillari masala bizning kelajagimizga taalluqli boʻlganda sukut saqlamasligimiz va bizni yoʻq qilishlariga yoʻl qoʻymasligimiz kerak”, deb aytgan edi.

Oʻtgan oyda rasmiy Kreml Parij bitimini tasdiqlagan boʻlsa-da, Putin iqlim isishi antropogen sabablar tufayli sodir boʻlmoqda deb hisoblaydi. Bundan tashqari, Putin muqobil energiya manbalari kelajagiga shubha bilan qarab, shamol tegirmonlari hasharotlarni yakson qilmoqda deb aytgan edi.

Putinning bu fikrlari oʻz vatandoshlari tomonidan hukumatni haqorat qilmaslik toʻgʻrisidagi qaroriga zid boʻlsa ham, koʻpgina achchiq va istehzoli izohlarga nishon boʻldi.

Juma kuni Greta Ayova-Sitidagi iqlimiy namoyishlarda ishtirok etadi. Bu shahardagi chiqishlar Nyu-York va Monrealdagi chiqishlardan soʻng oʻtkaziladi. Ayni paytda Greta AQSHga uglerod chiqarmaydigan yaxtada suzib kelganicha, mamlakat boʻylab sayohatda yuribdi (Greta aviatsiya ekologiya uchun halokatli deb hisoblagani uchun uchoqlar xizmatidan foydalanmaydi). Tunberg sayohatini dekabr oyida BMTning iqlim oʻzgarishlariga bagʻishlanadigan konferensiya boʻlib oʻtadigan Santyago shahrida (Chili) nihoyasiga yetkazishga qaror qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Greta Tunberg haqida nimalar dedi?