Foto: The Washington Post
Yana bir inson AQSh razvedkasiga prezident Donald Trampning Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbati tafsilotlari haqida ma’lumot berdi. Bu haqda ikkala xabarchining manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Mark Zeyd ABC News’ga xabar berdi.
Shuningdek, ikkinchi xabarchi razvedka xodimi bo‘lib, birinchi xabarchining shikoyati asosida tayyorlangan ma’lumotlarga ham ega. Ikkinchi ma’lumot beruvchi AQSh razvedka hamjamiyatining bosh inspektori Maykl Atkinson bilan suhbat qilishga ulgurgan.
Avvalroq, The New York Times gazetasi o‘z manbasiga tayanib, Amerika razvedkasining yana bir xodimi Trampning Ukrainaga nisbatan harakatlari sabab shikoyat bildishni o‘ylayotgani haqida xabar bergandi.
Iyul oyida Donald Tramp Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati chog‘ida prezidentlik saylovida o‘ziga qarshi kurashadigan Jo Bayden va uning o‘g‘li Hanterga nisbatan surishtiruv ishlarini olib borishni so‘ragani ma’lum bo‘lgandi. Sentyabr oyida esa Kongress demokratlar tomonidan Trampning impichmenti bo‘yicha jarayonlarni boshlab yuborgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi