Foto: Google Images
Qirg‘iziston sobiq prokurori Azimbek Beknazarov mamlakat sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni tergov izolyatoridan uy qamog‘iga o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda «24.kg»ga tayanib Daryo xabar berdi.
Sobiq prokurorning so‘zlariga ko‘ra, u davlat rahbari Sooronbek Jeenbekov bilan vaqtinchalik hukumat vakillari uchrashuvida Almazbek Atambayevni qo‘yib yuborishni taklif qilgan.
«Qirg‘izlar hech qachon o‘z hukmdorini ayblab uni hibsda saqlamagan. Bugungi yangi tarixda bu juda noxush holatga aylandi. Men Almazbek Atambayevga qo‘llanilgan jazoni uy qamog‘iga almashtirishni taklif etaman. Nima bo‘lgan taqdirda ham u sobiq prezident. Uni qamoqdan davlat rezidensiyasi hududidagi «Ola-Archa-1» dala hovlisiga ko‘chirish kerak. Davlat rezidensiyasi qo‘riqlanadigan hudud va u yerga hech kim beruxsat kira olmaydi», — deydi Azimbek Beknazarov.
Shuningdek, sobiq prokuror uning bu fikrlarini vaqtinchalik hukumatning hech bir a’zosi qo‘llab-quvvatlamaganligini ham yashirmadi.
Ushbu taklifga Qirg‘iziston prezidenti Sooronbek Jeenbekov qanday munosabat bildirgani haqida berilgan savolga Beknazarov Atambayevni hibsga olish davlat rahbarining rejasida bo‘lmaganini aytib javob qaytardi.
«Prezident tergov organlari uning tergovga kelishini kutgani, Atambayevning Moskvaga borib kelishiga ham to‘sqinlik qilinmaganini aytdi va ‘Endi men bunga aralasha olmayman, tergov va sud qaror chiqaradi’ dedi», — deya Beknazarovning so‘zlarini keltirgan nashr. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi