Bankomatni portlatib, pul o‘marmoqchi bo‘lgan o‘g‘rining o‘zi ham portlab ketdi (video)

Bankomatni portlatib, pul o‘marmoqchi bo‘lgan o‘g‘rining o‘zi ham portlab ketdi (video)
Rossiyaning Vologodsk viloyatidagi Cherepovets shahrida bankomatni portlatib, pul o‘marmoqchi bo‘lgan o‘g‘rining o‘zi ham portlab ketdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Hodisa 8 oktyabr kuni ertalab soat 5 da shaharning Mochenkov ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan bank bo‘limida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, bankomat erkak uni gaz uskunasi yordamida ochmoqchi bo‘lgan paytda portlab ketgan. Natijada voqea joyida erkakning o‘zi ham halok bo‘lgan.
Ushbu binoda istiqomat qiluvchilar jabr ko‘rmagan. Hozirda tergovchilar hodisa tafsilotlarini aniqlashmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar