
Foto: «RIA Novosti»
Suriya demokratik kuchlari (SDF) kurd otryadlari Turkiya harbiy aviatsiyasining aviazarbalariga javoban Turkiyaning Suriya bilan chegaradagi Nusaybin shahrini snaryadlar bilan o‘qqa tutishdi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
“SDF Nusaybin turk shahrini bir nechta minomyot snaryadi bilan o‘qqa tutdi”, deb xabar qildi Ikhbariya telekanali.
Bundan tashqari, Suriya demokratik kuchlari otryadlari Suriyaning Xasaka viloyatidagi bir nechta neft qudug‘iga o‘t qo‘ygan.
Turkiya 9 oktyabrda Suriyaning shimolidagi kurd qurolli tuzilmalariga qarshi “Tinchlik manbai” harbiy amaliyotini boshladi va Suriyaning Xasakadagi Ras al-Ayn, Turkiya bilan chegaradagi Tal-Obod hamda Raqqa viloyatidagi Ayn-Iso shaharlariga aviazarbalar berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar