Foto: Presidential Press Service via AP, Pool
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara qo‘shni Suriyada 1998 yil Adanda ikki davlat hukumatlari tomonidan imzolangan kelishuvga binoan “Tinchlik manbai” transchegaraviy amaliyotini o‘tkazishga huquqi borligini ma’lum qildi.
“Suriya ustidagi havo hududining qo‘llanishiga kelsak, u AQShga tegishli emas. Bu xalqaro hudud, bu Suriya havo hududi. U AQShga tegishli emas ekan, uning qo‘llanishi masalasi tuzum [Suriya prezidenti Bashar Asad tuzumi] tomonidan hal qilinadi. Ular [AQSh] u yerda [Suriyada] tuzum taklifi bilan qolmayaptilar. Biz esa Adandagi kelishuv doirasida harakat qilmoqdamiz. Bu kelishuvga ko‘ra, tuzum Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi chora ko‘rmasa, unda harbiylarimiz terrorchilarni Suriya hududida ta’qib qilishga haqli”, deb ma’lum qilgan Erdo‘g‘an Yeni Safak nashriga bergan intervyusida.
Turkiya va Suriya o‘rtasidagi munosabatlar 1980-1990-yillarda Anqara Damashqni Kurdiston ishchi partiyasini (KIP) qo‘llab-quvvatlashda ayblagani sababli juda tarang bo‘lgan. 1998 yil oktyabrda ikki davlat o‘rtasida inqiroz yuzaga kelgach, Turkiya Suriyaga KIPni qo‘llab-quvvatlashdan to‘liq voz kechish uchun 45 kunlik muhlat bergan. Shu yili Suriya hukumati mamlakatdan KIP yetakchisi Abdulloh Ojalanni chiqarib yuborgan va shundan keyin ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda iliqlik o‘rnatilgan. 1998 yil 20 oktyabrda ikki davlat ichki ishlar va tashqi ishlar vazirlarining muzokaralari Adanda qo‘shma bayonnoma va xavfsizlik masalalari bo‘yicha kelishuvning imzolanishi bilan yakunlangan.
Erdo‘g‘an o‘z intervyusida, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning Anqara Suriya shimolida kurdlarga qarshi amaliyot boshlasa, AQSh “Turkiya iqtisodiyotini barbod qilishga tayyorligi” haqidagi gaplariga izoh berib o‘tdi.
“Men bu so‘zlarni muayyan doiralarda taranglikni bartaraf etish uchun gapirilgan deb qabul qilaman. Ayni vaqtda Turkiya amaliyot o‘tkazayotgan hududlardan qo‘shinlarning olib chiqilayotgani AQShning asl maqsadini ko‘rsatadi. Ular Turkiyaga qarshi bormasliklarini aytishgan”, deb ta’kidlab o‘tgan Turkiya prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi