Foto: «TASS»
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida tiriklayin ko‘milgan chaqaloq qazib olindi. Hozir u shifoxonada, deb yozmoqda «Xabar» nashri.
Go‘dakni o‘lgan qizini ko‘mayotgan qishloq fuqarosi topib olgan. Qizchani sopol xumchaga solib, taxminan 90 sm yer ostiga ko‘mib qo‘yishgan. Uni shu zahoti shifoxonaga olib borishgan. Hozir chaqaloqning salomatligi tiklanmoqda, deb yozadi «BBC».
Politsiya hodisa yuzasidan tergov harakatlarini boshlab yuborgan.
«Bolaning ota-onasini topishga urinyapmiz. Ular o‘zaro kelishib shunday qilishgan, degan gumondamiz», — deydi mahalliy politsiya vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy kishi tug‘ilgan zahoti hayotdan ko‘z yumgan o‘z qizi uchun qabr qaziyotganda kuragi bexosdan xumchaga tegib ketadi. Ochib qarasa, ichida, ne ko‘z bilan ko‘rsinki — tirik chaqaloq.
Hindistonda qizlar, ayniqsa, aholining nochor qatlami uchun moliyaviy muammo hisoblanadi. Shu bois tug‘ilgan zahoti bolalarni o‘ldirish holatlari ko‘p uchraydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi