Bu yil Moldovada rekord darajada olma hosili yig‘ib olinishi kutilmoqda. Hosil vaqtida yig‘ib olinishi uchun moldovalik dehqonlar Markaziy Osiyodan, asosan, O‘zbekistondan qo‘shimcha ishchi kuchi jalb qilmoqda. Ular o‘zbeklar bilan mavsumiy ish to‘g‘risida shartnoma tuzishgan.
Xorijdan ishchi yollayotgan xo‘jalik vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ular ishchilarga kuniga 40 $ (377 500 so‘m) gacha ish haqi berishmoqda. Bundan tashqari ishchilar turar joy hamda ovqat bilan ta’minlanadi. Lekin ish kuni davomiyligi kuniga 10-12 soatni tashkil qiladi.
"Hozir Moldovaning janubida 8 gektar olma bog‘im bor. Jami 75 gektar yerim bor, shu sababli bog‘dorchilik biznesimni kengaytirmoqchiman. Men gilos ekishni xohlayman, lekin bu ishni qila oladigan darajada yetarli ishchi kuchi yo‘q. Ko‘pchilik moldovanlar ishlash uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ketgan. Faqat bog‘i bor dehqonlargina qolishgan», deydi moldaviyalik bog‘bon.
Har yili Moldova 200 mln dollar qiymatidagi 400 ming tonnadan ortiq sarhil mevalar eksport qiladi. Shu bilan birga, moldovalik eksportyorlar marketing tadqiqotlariga unchalik e’tibor qaratishmaydi. Natijada ular mevalarini juda past narxda sotishadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)