
Qozog‘istonning Pavlodar shahridagi savdo markazida hojatxonada qizlarga telefon va oyna yordamida yashirincha qaragan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda “Zakon.kz” ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Foto: Pavlodar Ichki ishlar departamenti
Xabarda aytilishicha, 12 oktyabr kuni noma’lum shaxs kichik oynacha yordamida savdo markazlaridan biridagi hojatxonada 10 yoshli qizchaga qaragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida u 51 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekanligi va Pavlodardagi restoranlardan birida oshpaz bo‘lib ishlashi aniqlangan va militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Foto: Instagram
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 124-moddasi (Voyaga yetmaganlarni axloqsizlikka o‘rgatish) bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda. Bu moddada 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda huddi shundan xatti-harkatlar sodir etgan erkak rasmi tarqalgan. Unda aytilishicha, erkak hojatxonada qizlar va ayollarga telefon va oyna yordamida yashirincha qaragan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar