Foto: Reddit
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga Bokuda o‘tgan Turkiy kengashning VII sammitida Turk dunyosining oliy ordeni topshirildi. Bu haqda Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos O‘qiboy Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
May oyida Turk kengashidagi davlatlar rahbarlari Nursulton Nazarboyevni Turk dunyosi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun ushbu kengashning umrbod faxriy raisi etib saylagan.
«Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga menga Turk kengashining faxriy raisi maqomini berishni taklif etgani uchun minnatdorchiligimni izhor etaman. Shuningdek, ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlagan barcha davlatlar rahbarlari va ularning delgatsiyalariga ham tashakkur. Ushbu maqom mening ushbu xalqaro tashkilotimizning ishida faol ishtirok etishimda mas’uliyat yuklaydi», — deya qayd etgan Qozog‘istonning birinchi prezidenti.
Nursulton Nazarboyev sammitda Turk kengashidagi davlatlarning 2040 yilgacha mo‘ljallangan taraqqiyot dasturini ishlab chiqishni taklif qilgan.
«Menda ikkita taklif bor. Birinchisi — «Turk taraqqiyoti 2040» daturini ishlab chiqish. Ushbu hujjatda kengashning uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadlari va ularga erishish yo‘llari aks etadi. Ikkinchi taklif — Turk tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar kengashi nomini o‘zgartirish. Menimcha kengashni xalqaro tashkilot darajasiga chiqarish vaqti keldi. Shu sababli kengashni Turk davlatlari xalqaro tashkiloti nomiga o‘zgartirish maqsadga muvofiq», — deya ta’kidlagan Nursulton Nazarboyev.
Ma’lumot uchun, Turk kengashi 2009 yilda tuzilgan. Uning tarkibiga O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya kirgan. Ushbu kengashda Vengriyaga kuzatuvchi maqomi berilgan. Kengashning VII sammiti tashkilot tashkil etilganligining 10 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi