Foto: Turkmenportal
Turkmanistonda ilk bor tashkil qilinayotgan alabay zotli itlar parvarishi bo‘yicha muassasaga bir yo‘la yettita bank sarmoya ajratadi. Mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bu haqdagi farmoyishni imzolagan.
Turkmaniston Markaziy banki, Davlat taraqqiyoti banki, Daýhanbank, Türkmenistan, Halkbank, Türkmenbaşy nomli banklar hamda tashqi iqtisodiy faoliyat Davlat banki yangi muassasaning ta’sischilari qatoriga kirgan.
Alabaylarni yetishtiruvchi korxonaning ochilishi haqida 19 sentyabrda e’lon qilingan. Marosimda prezidentning o‘g‘li Axal viloyatining rahbari Serdar Berdimuhamedov ishtirok etgan. U tadbir davomida otasining alabay itlari haqida yozgan kitobiga dastxat qo‘yib, mehmonlarga tarqatgan. Shu kuni televideniye efirida kitobdan o‘rin olgan «Tukman alabayi» nomli she’rni harbiy xor qo‘shiq qilib kuylagan.
Garchi alabaylar mamlakatda uzoq yillardan beri boqilib kelsa ham turkman millati ramziga aylangan ushbu jonivorlarni boqish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmagandi. Davlat OAVlari Axal viloyatidagi ushbu itlar boqiladigan muassasani mamlakatda birinchi va yagona maskan ekanligini qayd etgan. Turkmanistonda axaltekin otlarini yetishtirishga mo‘ljallangan «Turkman otlari» (Türkmen atlary) korxonasi ham faoliyat yuritadi. Sentyabrda Gurbanguli Berdimuhamedov ushbu korxona rahbari Mergennepes Annanepesovni ishdan haydagan. Annanepesov «Turkman otlari»ni eplay olmagan va ishdan haydalgan sakkizinchi rahbar hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”