Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an agarda Anqara va Vashington o‘rtasida erishilgan kelishuv bajarilmaydigan bo‘lsa, turk armiyasi Suriya shimoli-sharqidagi operatsiyasini davom ettirishini ma’lum qildi, deb xabar berdi NTV telekanali.
Uning eslatishicha, kelishuvga ko‘ra, terrorchilar 120 soat ichida xavfsizlik hududini tark etishi shart.
«Bugun ikkinchi kun. Seshanba kechqurun muddat nihoyasiga yetadi», — dedi Turkiya yetakchisi.
«Agarda kelishuv bajarilmaydigan bo‘lsa, 120 soat yakuniga yetganidan so‘ng operatsiyani va terrorchilarning boshini uzishni davom ettiramiz», — dedi Erdo‘g‘an.
Sal avval Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar shunga o‘xshash bayonot bergandi.
«Biz operatsiyani besh kunga to‘xtatdik. Terrorchilar bu vaqt ichida xavfsizlik hududidan ketishi kerak. Agar bu yuz bermasa, operatsiyani davom ettiramiz», — dedi Akar.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin