Fransiyalik Roza Mariya de Kruz ikki yashar qizini ikki yil davomida mashinasining bagajida saqlab kelgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Yevronyus” xabar bermoqda.
Kruzning qizi hozir yetti yoshda. Shifokorlarning aytishicha, uning mashina bagajida qolgani aqliy rivojlanishiga salbiy ta’sir qilgan. Qizning aqliy rivojlanishi 2-3 yashar bolalarniki bilan teng. Ustiga-ustak, u autizmga chalingan.
Qizni mashina ta’mirlovchi usta sezib qolgan. U bagajni ochganida qizaloq axlatiga bulg‘anib yotgan va uni qurt bosib ketgan edi.
Qizning otasi Domingos Sampaio Alves esa uning borligini hatto bilmaganini, Kruz qolgan uch farzandiga juda yaxshi onalik qilganini aytdi.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Kruz to‘rtinchi homiladorligini qabul qila olmagan va qizining tug‘ilganini inkor etishga urinib yashagan.
Prokurorlar uning o‘n yilga ozodlikdan mahrum etilishini talab qildi, biroq bola bilan bog‘liq barcha huquqlardan voz kechgani hisobga olinib, bu muddat besh yilga tushirildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida