2 670
NATOda Suriyadagi «Tinchlik bulog‘i» operatsiyasi bo‘yicha favqulodda shtab tashkil qilindi
Foto: «Tvc.ru»
NATOda Turkiyaning Suriya shimoli-sharqidagi harbiy operatsiyasi va uning oqibatlarini o‘rganuvchi favqulodda inqiroz shtabi tashkil qilindi. Bu haqda Deutsche Welle'ga tayanib Daryo xabar berdi.
Ushbu tuzilma tarkibiga razvedka va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspertlar, harbiy operatsiyalar bo‘yicha mutaxassislar hamda siyosiy maslahatchilar kiritilgan.
16 oktyabr, chorshanba kuni o‘tgan Shimoliy Atlantika ittifoqiga a’zo davlatlarning 29 nafar rais o‘rinbosari ishtirok etgan yig‘ilishda Turkiya alyans bo‘yicha hamkorlarini o‘z harbiy harakatlari va qochoqlar oqimi haqida xabardor qilib turishini va’da qilgandi. Shuningdek, yig‘ilishda Anqara vakili operatsiyaning noyabr birinchi yarmigacha davom ettirishini bildirgan. Ushbu ma’lumotlar 120 soat davomida o‘t ochishni to‘xtatib turish bo‘yicha kelishuvdan oldin berilgan.
9 oktyabrda Turkiya Suriya shimoli-sharqida «Suriya demokratik kuchlari», Kurdiston ishchi partiyasi va IShID jangarilariga qarshi «Tinchlik bulog‘i» operatsiyasining boshlanganini e’lon qilgan. AQSh ushbu harakatlarda ishtirok etmasligini bildirgan va o‘z qo‘shinini operatsiya o‘tadigan hududdan uzoqlashtirgan. Yevropa davlatlari, AQSh, Eron, Iroq, Misr, Kanada va boshqa mamlakatlar ushbu harakatlarni keskin qoralagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi