Dunyodagi eng qadimgi marvarid Abu-Dabida namoyish qilinadi

Dunyodagi eng qadimgi marvarid Abu-Dabida namoyish qilinadi
Foto: AFP
Dunyodagi eng qadimgi marvarid BAA Luvr muzeyida o‘tadigan “Hashamatning o‘n ming yili” ko‘rgazmasida namoyish qilinadi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Diametri 2,5 mmni tashkil qiluvchi va 8 ming yillik mitti marvarid ilk bor keng omma ixtiyoriga 30 oktyabrdan 18 fevralgacha havola qilinadi.

Marvarid Marava orolida topilgan va shayx Zoid milliy muzeyi kolleksiyasiga kiradi.
Abu-Dabi Luvri 2017 yilda ochilgan va BAAdagi birinchi universal badiiy muzey hisoblanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar