Foto: «Alev.biz»
Rossiyaning Kosmik ob-havo markazi Yerga ulkan magnit bo‘roni yaqinlashayotganidan ogohlantirdi, deya xabar berdi «Argumenti.ru».
Ekspert Anatoliy Belov bu galgi magnit bo‘roni noodatiy uzoq davom etishi mumkin dedi.
Quyoshning ulkan tojsimon tuynugi sababli yuzaga kelgan magnit bo‘roni taxminan uch kungacha to‘xtamaydi. Belovning aytishicha, tabiat hodisasi salomatligi ob-havoga qarab o‘zgaruvchi kishilarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, xususan, aritmiya, bosh og‘rig‘i, qon bosimining ko‘tarilib kelishi kabi oqibatlarga olib kelishi ehtimoli bor. «Mir 24» yozishicha, odatda bunaqa kunlarda shoshilinch tibbiy yordamlarga murojaatlar soni keskin ko‘payib ketadi.
Ekspertlarga ko‘ra, magnit bo‘ronlari odamlardan tashqari hayvonlar hamda elektron texnikaga ham ta’sirini o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi