11:12 / 26.10.2019
8 859

Ikki dona xurmo 62 million so‘mga sotildi

Ikki dona xurmo 62 million so‘mga sotildi
Yaponiyaning Nagoya shahridagi markaziy bozorda “tenkafubu” navli xurmo ikki donasi 700 ming iyenga ( 62 million so‘mga) sotildi. Bu haqda NHK telekanali xabar qildi.

“Tenkafubu” nomini Yaponiya tarixidagi eng buyuk va mamlakatni birlashtirgan davlat arboblaridan biri hisoblangan Oda Nabunagi muxridagi yozuvdan olgan bo‘lib, bu xurmo ilk bor 2016 yilda sotuvga qo‘yilgan edi.

U vaqtda uning maksimal narxi 320 ming iyen (3 ming dollar) bo‘lgan. Bir dona xurmoning og‘irligi 300 gramm. “Tenkafubu” navini yetishtirish uchun 11 yil ketgan.

Sotilgan xurmo tarkibida shakar Briks shkalasi bo‘yicha 25 darajaga ko‘p, oddiy xurmolarda esa shakar miqdori 15-16 darajani tashkil qiladi.
Xaridorning ismi oshkor etilmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ikki dona xurmo 62 million so‘mga sotildi