date
views 2 738

Bag‘dodiy haqida ma’lumot bergan shaxs 25 mln dollar oladi

Bag‘dodiy haqida ma’lumot bergan shaxs 25 mln dollar oladi
IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning qayerdaligi haqida ma’lumot bergan va uni yo‘q qilishga yordamlashgan shaxsga AQSh maxsus xizmatlari 25 million dollar miqdorida mukofot taqdim etadi.

The Washington Post nashrining yozishicha, bu shaxs IShIDning faol a’zolaridan biri bo‘lib, Bag‘dodiyning Suriya bo‘ylab harakatlanishini muvofiqlashtirgan va Idlib viloyatidagi uyga joylashishiga ko‘maklashgan. U Amerika razvedkasiga nafaqat Bag‘dodiyning qayerda ekani haqidagi ma’lumotni, balki xonasining rejasini ham yetkazgan.

Harbiy operatsiya paytida u Bag‘dodiy bilan birga o‘sha uyda bo‘lgan. Bag‘dodiy o‘ldirilganidan ikki kun keyin u va oilasi Suriyadan olib chiqib ketilgan.

Gazetaning yozishicha, uning Amerika razvedkasi bilan hamkorlik qilishiga nafaqat katta miqdordagi mukofot, balki qasos olovi ham turtki bergan. Aytilishicha, yaqin qarindoshlaridan biri IShID qurboni bo‘lgan.
Uning ismi ham, qaysi mamlakat fuqarosi ekanligi ham oshkor etilmadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bag‘dodiy haqida ma’lumot bergan shaxs 25 mln dollar oladi