22:50 / 30.10.2019
2 677

Forbes: rossiyalik milliarder garov o‘ynab bir million dollar yutqazib qo‘ydi

Forbes: rossiyalik milliarder garov o‘ynab bir million dollar yutqazib qo‘ydi
Sergey Gordeyev
Milliarder Sergey Gordeyev Venetsiyadagi Guggenxaym fondining kechki ziyofatida san’atshunos Nikolas Ilinga garovda bir million dollar yutqazib qo‘ydi, deb xabar berdi Kun.uz.

San’atshunos Venetsiyadagi arxitektura biyennalesi kunlarida Peggi Guggenxaym saroyida an’anaviy kechki ziyofat uyushtirgan. Ziyofatda Gordeyev ham bo‘lgan. Ilinning so‘zlariga ko‘ra, biznesmen o‘zining ziyofatga tashrif buyurgan eng boy mehmon ekanligini aytgan. San’atshunos unga bu borada garov o‘ynashni taklif qilgan. Milliarder bunga rozi bo‘lgan va sakkiz guvoh ishtirokida bir million dollar pul tikkan.

Ilinning ta’kidlashicha, Gordeyevning ortida Abu-Dabi shayxi turgan bo‘lib , milliarder uni ko‘rmagan. BAA shayxini ko‘rganidan so‘ng u garovda yutqazganini tushungan va fond hisobiga bir million dollar o‘tkazib bergan.

Forbes ushbu garov guvohi bo‘lgan ikki kishini topganini ta’kidlamoqda.
Gordeyev prezidentlik qiladigan "PIK" kompaniyalar guruhi bu ma’lumotni rad etdi.

Guruh matbuot xizmatining ta’kidlashicha, "Sergey Gordeyev Rossiyadagi Guggenxaym muzeyining qator loyihalariga yordam bergan, ammo bu hech qanday "garovlar" bilan bog‘liq emas".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Forbes: rossiyalik milliarder garov o‘ynab bir million dollar yutqazib qo‘ydi