Dunyodagi eng nufuzli universitetlar haqida gap ketganda, albatta birinchi navbatda Oxford, Cambridge universitetlari ko‘z oldimizda gavdalanadi.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, TOP 100 talik universitetlar ro‘yxatida Massachusets instituti 1-o‘rinni egallangan.
Bu universitet AQShda joylashgan.
"Aql va qo‘l" - bu MIT nomi bilan tanilgan Massachusets texnologiya institutining shiori. Ushbu shior orqali taniqli institutning dunyoni yanada yaxshilashga yordam beradigan ilm-fan, texnologiya va ilmiy sohalardagi bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarini qamrab olishini anglashimiz mumkin.
Bu institut 1861 yilda tashkil topgan. Bugungi kunda MIT ta’limga doir katta ko‘lamni o‘z ichiga olgan. Unda 1000 ga yaqin professor-o‘qituvchilar ishlaydi va 11000 dan ortiq talaba va aspirantlar tahsil oladi.
Hozirgi kunda MIT mustaqil, umumta’lim va xususiy universitet hisoblanib, o‘z ichiga 5 ta yo‘nalishni qamrab oladi (arxitektura, muhandislik; gumanitar, san’at va ijtimoiy fanlar; menejmentlik).
MIT tadqiqotchilari sun’iy intellekt, iqlimga moslashish, OIV, saraton kasalligi va kambag‘allikdan qutulish sohalaridagi rivojlanishda yetakchi o‘rinni egallab turishgan bo‘lsa, o‘tgan yili MIT tadqiqotchilari radarlarni rivojlantirish, magnit yadro xotirasini ixtiro qilish va kengayib borayotgan koinot konsepsiyasi kabi ilmiy yutuqlarni qo‘lga kiritgan edilar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi