Foto: «Yandeks»
Golovin tuman sudi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) polkovnigi Kirill Cherkalinning oilasiga tegishli pullar va mulkni davlat daromadiga o‘tkazish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda «Moskva» agentligi ma’lum qildi.
Gap jami 6 milliard rubllik mol-mulk haqida ketmoqda. Cherkalinning ota-onasi uyidan 50 million dollar, 1 million yevro va 15 million rubl topilgan.
Sudning 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida polkovnikning onasi Natalya Cherkalina tintuv chog‘ida topilgan naqd pullarni o‘g‘li uyga «xizmat zarurati» tufayli olib kelganini bildirgan.
Rossiya FXX iqtisodiy xavfsizlik xizmati bank jinoyatchiligiga qarshi kurash bo‘limini boshqargan polkovnik Cherkalin joriy yil aprelida poraxo‘rlik va firibgarlikda ayblanib hibsga olingandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi