Bu yil Rojdestvo Palm-Bich okrugidagi yuzlab o‘quvchilar va ularning oilalari uchun erta keldi. So‘nggi haftalarda o‘z farzandlari bo‘lmagan bir kishi Florida shtatidagi 9ta maktabda o‘qiyotgan o‘quvchilar uchun tushlik haqining hammasini to‘ladi, deya xabar bermoqda Truth Theory.
WPEC TV News xabariga ko‘ra, Endri Levi bolalarni tushlik puli bo‘lmaganligi sababli ovqatlanmasliklarini eshitganidan keyin ularga xayriya qilmoqchi bo‘lgan.
Levi bolalarni och qolib ketayotganligidan juda ta’sirlangan va u Yupiter nomidagi maktabga bolalarning tushliklari uchun 944,34 dollarlik chek yozib bergan. GoodNewsNetwork xabar berishicha, birgina saxiylik akti ko‘p o‘tmay mehr-oqibat zanjirini keltirib chiqardi.
Barcha maktablarda xayriya harakatlari boshlangandan keyin, ko‘chmas mulk agenti bu haqda Feysbukda xabar tarqatdi. Yuzlab odamlar bu xayriyaga qiziqib qolishdi va keyingi safar ular ham ushbu aksiyada ishtirok etishga qiziqish bildirishgan. Bunga javoban Levi har chorakda mablag‘ to‘plashga qaror qildi. Uning fikricha: "Bu o‘quvchilar ochlikka emas, balki o‘qishga ko‘proq e’tibor qaratishlari kerak." “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”