
Tergovlarga ko‘ra, Fransiya shimolidagi o‘rmonda homilador ayol itlar tomonidan o‘ldirilgan. 29 yoshli Elisa Pilarskiyning jasadi Villiers-Kotterets shahri yaqinida topilgan. Prokuror Frederik Trinxning aytishicha, bir nechta itlar ayolning oyoq-qo‘llarini tishlagan. Politsiya 93ta itda tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
Olib borilayotgan tekshiruv natijalari Pilarskiy xonimga qaysi itlar hujum qilganligini aniqlashda yordam beradi.
Tekshiruvdan o‘tkazilgan itlar orasida 5 ta it Pilarskiy xonimga tegishli bo‘lgan. Shuni ham alohida aytish kerakki, Pilarskiy xonimning 6 oylik xomilasi ham bo‘lgan. Olib borilayotgan tekshiruvlar natijasida itlar xomilador ayolning oyoq-qo‘llarini tishlagan va bu ko‘p miqdorda qon ketishiga sabab bo‘lgan va ayol vafot etgan.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, shanba kuni Pilarskiy xonim Parijdan 50 mil shimoli-sharqda joylashgan Retz o‘rmonida piyoda ketayotgan edi. U sherigiga qo‘ng‘iroq qilib, bir it unga hujum qilmoqchi bo‘lganligini va undan qo‘rqayotganini aytgan.
Xabarlarga ko‘ra, Pilarskiy xonimning o‘limi Fransiya vaqti bilan 13:00 dan 13:30 vaqt oralig‘ida bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar