Yuragining xuruj qilishi sababli uchuvchi parvozni amalga oshirolmadi va Moskvaning Sheremetevo aeroportidan Qora dengizdagi Anapa shahriga uchayotgan SU1546 reysi Rostov-Don shahriga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Yerga qo‘nmasdan oldin tibbiy yordam ko‘rsatildi, ammo foydasi bo‘lmadi.
Yo‘lovchi Yelena Voronova mahalliy ommaviy axborot vositalariga shunday dedi:
«Styuardessa tinimsiz yo‘lakdan yugurib, bortda biron bir shifokor bormi, deb so‘radi, hozir ularga shifokor juda ham kerakligini takror va takror aytdi”.
Uchuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa ham, samolyot qo‘nganidan ko‘p o‘tmay u vafot etgan. Bu borada hozir tergov davom etmoqda.
Shuning uchun ham samolyotlarda ikkita uchuvchi bo‘lishi kerak, chunki parvoz xavfsiz amalga oshirilishi kerak.
Bu kabi holatlar birinchi marta bo‘layotgani yo‘q, albatta. Shunga o‘xshash hodisalardan biri 1996 yilda bo‘lgan va unda ham yonidagi ofitser sababli parvoz xavfsiz yerga qo‘ngan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)