23:06 / 25.11.2019
4 477

Eng halokatli tabiiy ofatlar

Eng halokatli tabiiy ofatlar
Dunyo bo‘yicha kuzatilgan so‘nggi eng halokatli tabiiy ofatlardan bir nechtasi haqida sizlarga ma’lumotlar taqdim etmoqchimiz:
1. Zilzila va sunami, Indoneziya - Umumjahon gumanitar nodavlat notijorat tashkilotining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 7,8 magnitudali zilzila va 2 metrli sunami 2018 yilning sentyabr oyi oxirida Indoneziyaning Sulavesi oroliga keng vayronagarchilik olib kelgan. Ushbu tabiiy ofat natijasida 330000 kishi boshpanasiz qolgan va 2783 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

2. Zilzila, Indoneziya - 2018 yil 5 avgust kuni Indoneziyaning Lombok oroli va unga qo‘shni Bali orolida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilziladan oldin, iyul oyining oxirida 6.4 balli zilzila bo‘lgan edi, shuningdek, u yerda joylashgan tumanlar bir necha marta larzaga kelgan, bir qancha vayronagarchiliklar hamda 468 kishining o‘limi ro‘yxatga olingan.

3. Vulqon otilishi, Gvetemala - iyun oyining boshlarida Gvatemalada Fuego vulqoni otilib chiqqach, atrofdagi hududlar halokatli piroklastik oqimga duchor bo‘lgan, ushbu oqim soatiga 90 mil tezlikda harakat qila oladigan issiq gaz va vulqonli jinslarning aralashmasidan iborat bo‘lgan. Tuproq shu qadar issiq ediki, qutqaruvchilarning etiklarining tagliklari erib oqa boshlagan. Halokat natijasida qurbon bo‘lganlar 425 kishini tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eng halokatli tabiiy ofatlar