15:13 / 27.11.2019
2 990

«Iyegova shohidlari» a’zosi pedofiliyada gumon qilinmoqda: ish tafsilotlari oshkor etildi

«Iyegova shohidlari» a’zosi pedofiliyada gumon qilinmoqda: ish tafsilotlari oshkor etildi
Olmaotada «Iyegova shohidlari» diniy tashkilotining a’zosi pedofiliyada gumon qilinmoqda. Bu haqdagi xabar o‘tgan hafta ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘ldi. «Vremya» gazetasi ushbu ish tafsilotlarini aniqlashtirdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

9 oktyabr kuni Olmaotada politsiyachilar sud sanksiyasi bilan diniy tashkilot xonalari va uning ba’zi ishtirokchilarining uylarida tintuv hamda boshqa tergov tadbirlari o‘tkazdi.

Bunga Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 3-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lish yoki jinsiy xarakterdagi boshqa harakatlar) bo‘yicha ish qo‘zg‘atilganligi sabab bo‘ldi.

Gazetaning ta’kidlashicha, gap yuqorida keltirilgan modda bo‘yicha bir qator jinoyatlarni sodir etishda gumondorlik haqida ketmoqda. Bundan tashqari, ish tashkilotning o‘ziga emas, balki alohida «guvohlarga» tegishli.

Nashrning yozishicha, ish materiallariga ko‘ra, diniy tashkilotning a’zolaridan biri - olmaotalik yirik tadbirkor bo‘lgan 47 yoshli shaxs tashkilot boshqa a’zosining 15 yoshli o‘g‘li bilan tanishgach, u bilan jinsiy aloqada bo‘lgan.

Ko‘rsatilishicha, zo‘ravonlik xatti-harakatlari bo‘lmagan, ammo jinsiy aloqa ixtiyoriy ham bo‘lmagan. Bu sodir bo‘lishidan oldin, tadbirkor o‘smirga spirtli ichimliklar ichirgan.

Bundan tashqari, 47 yoshli erkak maktab o‘quvchisining qarindoshi ishlaydigan kompaniyani boshqargan. Gazetada yozilishicha, bola o‘z qarindoshi muammolariga duch kelishidan qo‘rqqan bo‘lishi mumkin.

OAV jinsiy yaqinlik bir necha marotaba bo‘lganini aniqlagan. Biroz vaqt o‘tgach, tadbirkor o‘quvchini kompaniyasiga ishga ham joylashtirib qo‘ygan.

So‘ng, tadbirkor o‘quvchiga o‘zi tengi do‘stini olib kelishni buyurgan. U maktab o‘quvchisiga spirtli ichimliklar ichirgan va axloqsiz xatti-harakatlar sodir etgan.

Tez orada voqea oshkor bo‘ldi. Ammo, bolaning ota-onasi uyalgani sababli politsiyaga murojaat qilishdan bosh tortishdi.
«Iyegova shohidlari»ga a’zo bo‘lganlar voyaga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqa bo‘lganini bilishgan.

Gazetada qayd etilishicha, ular bu haqda politsiyaga xabar berishmagan, ammo o‘z yig‘ilishlaridan birida vaziyatni o‘rganib chiqishgan hamda go‘yoki tadbirkorni tashkilotdan chiqarib yuborishgan.

Ushbu ma’lumotlar tashkilotga sobiq a’zolardan biri Ta’lim vazirligi, ombudsmen va boshqa idoralarga murojaat qilib, diniy tashkilot o‘z safida pedofillar borligini yashirayotgani haqida murojaat qilganidan keyin paydo bo‘ldi.

Keyinchalik maktab o‘quvchisining onasi ham politsiyaga ariza berdi. Gumonlanuvchi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi. Nima bo‘layotganidan xabardor bo‘lgan tashkilot a’zolari hozir guvoh sifatida jalb etilgan.

Nashrga ma’lum bo‘lishicha, tintuv paytida tadbirkorning maktab o‘quvchisi bilan sodir etgan xatti-harakatlari tasvirlangan videoli fleshka topilgan.

Tergov davom etayotgani aytiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Iyegova shohidlari» a’zosi pedofiliyada gumon qilinmoqda: ish tafsilotlari oshkor etildi