
Foto: Reuters
Vengriyada politsiya xodimlari Serbiya chegarasida ikkita tunnelni aniqlashdi. Noqonuniy muxojirlar ushbu tunnellardan Serbiyadan Vengriyaga o‘tish uchun foydalanishgan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tunnellardan birining uzunligi 34 metrni, ikkinchisi 22 metrni tashkil qiladi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ikkala ob’ekt ham qo‘losti vositalari yordamida qazilgan. Ayni vaqtda tunnellar maxsus texnika yordamida ko‘mib tashlangan. Shuningdek, tunnellardan foydalanmoqchi bo‘lgan 44 kishi qo‘lga olingan.
Vengriya 2015 yilda Yevropadagi migratsiya inqirozining avj pallasida Yevropa Ittifoqining o‘z hududiga Yaqin Sharq va Afrikadan migrantlarni qo‘yishni to‘xtatgan birinchi davlati bo‘lgan. Bu esa Yevropa Ittifoqi davlatlariga noqonuniy migratsiyaning nazoratsiz oqimlari to‘xtashiga yordam bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar